Jamiyat
Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi kiritilyapti.
Belgilanishicha, bosh prokuror o‘rinbosari:
–O‘zenergoinspeksiya zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarishga amaliy yordam ko‘rsatadi;
–Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Bosh prokuratura ikki hafta muddatda yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasiga kiritadi.
O‘zenergoinspeksiya va uning hududiy boshqarmalari faoliyatini qaror bilan belgilangan ustuvor yo‘nalishlar asosida yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish mas’uliyati shaxsan energetika vaziri J.Mirzamahmudov va bosh prokuror o‘rinbosari zimmasiga yuklandi.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112407
Jamiyat
95066
Jamiyat
91281
Jamiyat
75977
Jamiyat
//
Izoh yo‘q