Jamiyat
Toshkentda chiqindilarni yig‘ish va yo‘q qilish bilan shug‘ullanuvchi «Maxsustrans» ishlab chiqarish boshqarmasiga Kamoliddin Nabiyev qayta vaqtincha boshliq etib tayinlandi. U 2018-yilda korxona direktorligi lavozimidan olingandi.
Shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov tashkilotning shu vaqtgacha ishlagan rahbari Abdujamil Abduvahobovni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan oldi. Endi ular unitar korxonaning balansidagi moddiy boyliklarni xatlovdan o‘tkazib, qabul qilib oladi.
8-fevral kuni davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda Toshkentda yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil bo‘lishi, lekin bugungi kunda bor-yo‘g‘i 18 foizi qayta ishlanayotganini aytgandi. Bundan tashqari, chiqindilarni saralab yig‘ish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligini aytib o‘tgandi. «Maxsustrans» faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligini ta’kidlagandi.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111018
Jamiyat
94506
Jamiyat
90442
Jamiyat
74479
Jamiyat
//
Izoh yo‘q