Jamiyat
O‘zbekistondagi oliy va professional ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 15-martga qadar uzaytirildi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontraktni rasmiylashtirish muddati uzaytirildi.
Bu tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalarga ham taalluqli.
Shuningdek, 2023-yil 20-yanvardan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q