Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
16:53 / 15.02.2023 1046 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. 
 

Unga koʻra, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Abdurashid Djurabayev bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Prezident maslahatchisi oʻrinbosari edi.

 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Nusratbek Davrankulovich Toychiyev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod qilindi.

 

Davron Narimovich Kalandarov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi. Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi Yuridik taʼminlash boshqarmasining boshligʻi lavozimidan ozod qilindi.

 

Shuxrat Muxamadjanovich Sadikov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati rahbarining oʻrinbosari etib tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//