O‘zbekistonlik talabalarni Misr Prezidenti shaxsan taqdirladi

Saqlash
12:02 / 14.02.2023 1470 0

2023 -yil 13-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalaridan tashkil topgan «IUT ENGINEERS» jamoasi BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan «World Government Summit 2023» doirasida o‘tkazilgan nufuzli «Global Best M-GOV» tanlovida O‘zbekiston nomidan muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.

 

Raqam texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov g‘oliblar bilan birga nonushta qilib, ochiq suhbat qurib, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

«Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Global Best M-Gov Award tanlovida dunyoning mingdan ortiq jamoalari orasidan 2 chi o‘rinni egalladilar va Dubaydagi Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida taqdirlanib, ushbu Sammitning birinchi kunidagi biz uchun eng yaxshi xushxabarni yetkazdilar. Sovg‘ani Misr Prezidentining o‘zi topshirdi», qayd etdi vazir.

 

Ta’kidlanishicha, bu talabalar o‘tgan yilgi O‘zbekistondagi M-Gov Award tanlovida birinchi yettitalikka kirgan, lekin g‘oliblikni boshqa jamoalar qo‘lga kiritgandi. Sababi ularni loyihalari ko‘proq boshqa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga mos bo‘lgan O‘zbekistondan ko‘ra. Bu holatdan ular ortga chekinmay aksincha, yaxshi niyat qilib g‘oliblik uchun yanada shijoat bilan harakat qilishgan va natijada dunyo darajasida g‘olib bo‘lishdi.

 

 

«Bu barcha boshqa yoshlarimiz uchun o‘rnak: yuqori maqsad qo‘yib, aynan jahon bozoriga chiqadigan startaplar ustida ishlash kerak. Oradagi vaqtinchalik qiyinchiliklar tufayli chekinmasdan, yanada yuqori marralarga harakat qilaverish kerak.

Bugun ular bilan birga nonushta qilib, ochiq suhbat qurib, kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tiladik», dedi Sherzod Shermatov

 

 

Yutgan loyihalari Don’t waste deb nomlanadi va turli xil ovqat pishiruvchi korxonalardagi ortiqcha qolib ketayotgan ovqatlarni uvol qilmasdan, yesa bo‘ladiganlarini boshqa insonlarga, iste’molga yaroqsizlarini esa fermalarga yoki qayta ishlashga yuborish jarayonlarini osonlashtirishga qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish