Senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi

Saqlash
15:17 / 14.02.2023 1195 0

Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.

 

Baxtiyor Sayfullayev mehnat faoliyatini Toshkent davlat madaniyat instituti (Hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)da boshlagan. Mazkur oliygohda katta o‘qituvchi, fakultet dekani, kafedra mudiri kabi lavozimlarda samarali faoliyat olib borgan.

 

Shu bilan birga, u 2012-2017-yillarda O‘zbekiston davlat san’at instituti va Toshkent davlat madaniyat instituti negizida tashkil etilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rektori vazifasini bajargan hamda sohaning yetuk kadrlari yetishishida ulkan hissasini qo‘shgan.

 

Shuningdek, Baxtiyor Sayfullayev 2017-yildan 2020-yilning yanvar oyigacha O‘zbekiston madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Baxtiyor Sayfullayev 500 dan ortiq ommaviy bayramlar va spektakllar uchun rejissyorlik qilgan va ssenariylar muallifi sanaladi.

 

Qolaversa, u o‘ndan ortiq darsliklar, monografiyalar, 100 dan ortiq ilmiy maqola muallifi hisoblanadi.

 

Oyina.uz jamoasi Baxtiyor Sayfullayevning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//