Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida qor yogʻadi

Saqlash
15:51 / 15.11.2021 819 0

“Oʻzgidromet” hafta davomida qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qildi.

 

Unga koʻra, 16-noyabrda Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17—18-noyabrda respublikaning barcha hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

 

16—17-noyabrda respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Baʼzi joylarda changli boʻron boʻladi.

 

16-noyabrda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati 13-18 daraja iliq boʻlgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi va harorat 2-5 darajagacha pasayadi.

 

17-noyabrda Oʻzbekistonning barcha hududlarida yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, qorga aylanadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq, shimolda kechasi 5-8 darajagacha sovuq, kunduz kuni 0-3 darajagacha pasayadi.

 

18—19-noyabrda Oʻzbekiston hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning togʻli hududlarida 18-noyabrda qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik saqlanib turadi. Harorat kechalari 5-8 darajagacha sovuq, shimolda 12-15 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq, shimolda 0-3 daraja sovuq atrofida saqlanib turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//