Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasiga bordi.
Maʼlumki, 6-fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqiy ellarida yuz bergan kuchli zilzilalar vayronkorligi bilan butun dunyoni larzaga soldi. Oʻzbek xalqi ham ofat oqibatlarini qalbiga yaqin olib, chuqur qaygʻu va hamdardlik hissini tuydi.
Davlatimiz rahbari oʻsha kuniyoq qardosh Turkiya xalqiga va Prezident Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirgan edi. Zilzila oqibatlarini bartaraf etishda koʻmaklashish uchun mamlakatimizdan bir necha guruh qutqaruvchilar Turkiyaga yuborildi. Shuningdek, gumanitar yordam yuklari muntazam joʻnatib turilibdi.
Prezidentimiz bugun Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasiga borib, qardoshlarimizga yana bir bor hamdardlik bildirdi. Parvardigordan marhumlarni oʻz rahmatiga olishini, ularning oilasi va yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik berishini soʻradi. Jarohat olgan insonlar tez fursatlarda sogʻayib ketishini tiladi.
Oʻzbek va turk xalqlari yaxshiyu yomon kunlarda hamisha birga boʻlgan, bir-birini qoʻllab-quvvatlagan. Bu doʻstlik, qardoshlik va oʻzaro yelkadoshlik hozirgiday ogʻir kunlarda yanada bilinadi.
Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston barcha zarur yordamga tayyorligini bildirdi. Elchixonada ochilgan hamdardlik kitobiga tasalli soʻzlarni yozib qoldirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q