Siyosat
8 fevral kuni BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi va Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi O‘zbekiston hukumati ko‘magida Termiz shahridagi xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi orqali Afg‘onistonga navbatdagi beg‘araz yordamini jo‘natdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Oliy komissarlikning katta maslahatchisi Frenk Remusning ta’kidlashicha, O‘zbekiston ko‘magida qo‘shni mamlakatga 12 ta yuk mashinasiga yuklangan 48 mingdan ortiq ko‘rpa (adyol) qahraton sovuqda himoyaga muhtoj afg‘on xalqining hayotini saqlab qolishda muhim o‘rin tutadi.
Termizdagi xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi Afg‘oniston, Eron, Pokiston hamda Markaziy Osiyo va undan tashqarida BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik operatsiyalariga yordam berish uchun asosiy konsolidatsiya va jo‘natish punkti bo‘lib xizmat qiladi.
So‘nggi ikki yilda markaz orqali ko‘chirilgan oilalar, suv toshqinlari va zilzila kabi tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlar uchun 217 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natilgan. Bu yerdan yuborilgan yuklar muhim uy-ro‘zg‘or idishlari, yotoq to‘shaklari, brezent, chelak, ko‘rpa, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan oshxona to‘plamlari, ko‘chma quyosh energiyasi bilan ishlaydigan LED lampa singari asosiy ehtiyoj buyumlaridan iborat.
Xususan, 2022 yilda O‘zbekiston ko‘magida Afg‘onistonda mavjud 34 viloyatdagi 5 million 900 ming kishiga asosiy ehtiyoj buyumlari va moddiy ko‘mak shuningdek, huquqiy himoya va integratsiya bo‘yicha yordam bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q