Siyosat
6-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari bugun Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida roʻy bergan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani va katta talafotlar koʻrilgani munosabati chuqur hamdardlik izhor etdi. Birodar Turkiya xalqiga, vafot etganlar va jabrlanganlarning oilalari va yaqinlariga dalda soʻzlari bildirildi.
Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 7-fevral kuni Oʻzbekistondan Turkiyaga gumanitar yordam va qutqaruvchilar guruhi joʻnatilishi rejalashtirilgan.
Ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112233
Jamiyat
94909
Jamiyat
91002
Jamiyat
75780
Jamiyat
//
Izoh yo‘q