Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Turkiyada roʻy bergan zilzila toʻgʻrisida bayonot berdi. Unga koʻra, zilzila oqibatida halok boʻlgan va jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot kelib tushmagan.
“Turkiyaning bir qancha hududlarida koʻplab qurbonlar va katta vayronagarchiliklarga sabab boʻlgan kuchli zilzila haqidagi xabarni chuqur qaygʻu bilan qabul qildik.
Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz.
2023-yil 6-fevral Toshkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga koʻra, mamlakatimizning Turkiyadagi diplomatik vakolatxonalariga zilzila oqibatida halok boʻlgan va jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarolari boʻyicha maʼlumot kelib tushmadi”, — deyiladi TIV bayonotida.
Vazirlik Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Oʻzbekistonning Anqaradagi Elchixonasi (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va/yoki Istanbuldagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligini qoʻshimcha qilgan.
Shuningdek, Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ham hamdardlik bildirdi.
“Turkiyada sodir boʻlgan zilziladan chuqur qaygʻudamiz. Zilzila oqibatida hayotdan koʻz yumganlarning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz. Barcha imkoniyatlarimiz bilan qardosh va doʻst Turkiyaning yonidamiz”.
Kuchli zilzila, shuningdek, Suriyada ham sezilgan, koʻplab binolar qulab tushgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Suriyada zilzila oqibatida 237 kishi halok boʻlib, 639 kishi jarohatlangan. Turkiyada ayni vaqtga kelib 284 kishi oʻlimi va 2383 kishi yaralangani haqida maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q