Samarqanddan topilgan noyob panno Luvr muzeyidagi ko‘rgazmaga qo‘yiladi

Saqlash
09:33 / 15.11.2021 904 0

Kofirqal’adan topilgan VIII asrga oid noyob o‘ymakor pannoni tarkibiy restavrasiya qilish ishlari yakunlandi. Kamida 1300 yillik tarixga ega ushbu artefakt Samarqand yaqinida olib borilgan qazilma ishlari vaqtida topilgan. U Luvr muzeyida o‘tkaziladigan ko‘rgazmada eksponatlar safidan joy oladi.

 

Qal’ani o‘rganish paytida yog‘och panellar bilan bezatilgan va taxt zali deya taxmin qilinayotgan xona topilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, xona yong‘indan jiddiy zarar ko‘rgan.

 

Aynan yong‘in tasvirlarning saqlanib qolishiga sabab bo‘lgan: yog‘och shu kungacha chirib ketgan bo‘lardi, ammo uning kuygan  qismlarida tasvir saqlanib qolgan.

 

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi va Luvr muzeyi mutaxassislari hamkorligida pannoni qayta tiklash ustida jiddiy ish olib borildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//