Jamiyat
Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan bugungi kunda Respublikamizda 45 mingdan ortiq shaxslar yashab kelmoqda. Bu haqida Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori oʻrinbosari AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, oʻtgan yilda OIV infeksiyasiga tekshiruvlar soni 700 mingdan 3,5 millionga yoki 5 barobarga ortgan.
Bu kasallik tuzalmas dard boʻlib, shu infeksiyaga chalingan bemorlar umrining oxirigacha virusga qarshi dori preparatlarini qabul qilib yurishlari zarur. Hukumat tomonidan dori vositalarini moliyalashtirish 80%ni tashkil etib, Xalqaro tashkilotlar tomonidan 20% holatlarda dorilarni Respublikamizga olib kirilishi hamda kasallik aniqlanishi bilanoq, barcha bemorlarga dori vositalarini berib borish yoʻlga qoʻyildi. Onadan bolaga OIV infeksiyasini yuqishini oldini olish maqsadida har yiliga 600 nafar onalari shu kasallikka chalingan bolalarga quruq sut mahsulotlari olib berilmoqda.
Shuningdek, 18 yoshgacha boʻlgan OIV infeksiyasiga chalingan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berib borilishi yoʻlga qoʻyilgan. Joriy yilda «Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023-2027-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi»ni amalga oshirish maqsadida 120 mlrd soʻm va 54 mln dollar yoʻnaltirildi, deyiladi maʼlumotda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q