Jamiyat
Buxoroda 100 soʻmlik kupyura “sinishi”ni bildirib, oʻzgalarni chuv tushirgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, fuqaro H.L.ga oʻziga avvaldan notanish boʻlgan ayol 50 000 soʻm va 100 000 soʻmlik kupyuradagi pullar sinishini va agar pullari boʻlsa, ularni almashtirib berishini bildirgan. H.L. esa oʻzini “Tanzila” deb tanishtirgan bu ayolga ishonib, unga 3 000 000 soʻm 100 ming soʻmlik kupyura koʻrinishidagi pullarini, 200 AQSH dollari hamda 15 000 rubl almashtirib kelishi uchun bergan.
Yirik miqdordagi pullarni qoʻlga kiritgan “Tanzila” qaytmagan va H.L. holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor-texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. Ushbu jarayonda jinoyatni Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi, 61 yoshli R.X. ismli ayol sodir qilgani aniqlangan.
Hozirgi kunda R.X.ning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan jinoyatlarga aloqadorligini aniqlashga qaratilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q