“O‘zbekneftgaz” AJ “zapravka”lardagi turnaqator navbatlar sababini ma’lum qildi

Saqlash
17:40 / 02.02.2023 1016 0

AI-80 avtobenziniga bo‘lgan talabi taklifga nisbatan keskin oshishiga olib keldi. Bugungi kunda “80 benzin”ga bo‘lgan talab kunlik 8 ming tonnaga yetgan. AYOQSHlar tomonidan esa avtobenzinni noqonuniy realizasiya qilish, shoxobchalarda narxlarni sun’iy oshirish, sifatsiz benzin yonilg‘isini sotish kabi holatlar sodir etilmoqda.

 

“O‘zbekneftgaz” AI-80 benzinni yetkazib berish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, jamiyat tasarrufidagi “UNG Petro” yoqilg‘i quyish shoxobchalariga yuklamani oshgan.

 

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida kolonkalar (odatda 2-4 ta) maksimal quvvatlarda ishlatilayotgani, biroq oqimni bir vaqtda benzin bilan ta’minlash imkoni bo‘lmagani sabab AI-80 benziniga sezilarli navbatlar yuzaga kelmoqda.

 

Ichki bozorda tanqislik vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, “O‘zbekneftgaz” tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish hajmlari oshirilib, kunlik o‘rtacha 4,6 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarilmoqda. Shundan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 3,1 ming tonna va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 1,5 ming tonna. Joriy yilning yanvar oyida birja savdolariga jami 136,5 ming tonna (o‘rtacha birja kunida 6 203 tonna) AI-80 rusumidagi avtobenzin sotish uchun joylashtirilib, AYOQSHlar tomonidan xarid qilindi. Bu ko‘rsatkichni o‘tgan yilning mos davriga solishtirganda 44,6 ming tonnaga ko‘pdir, deyiladi jamiyat xabarida.

 

Shuningdek, AI-80 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga joylashtiriladigan hajmi oshirilib, masalan, 31-yanvar kuni birja savdolariga 5 550 tonna AI-80 avtobenzin sotish uchun joylashtirilgan. Jamiyat tomonidan yaratilgan zaxira, shuningdek ishlab chiqarilgan avtobenzin hisobidan 163,6 ming tonna (o‘rtacha kunlik 5 276 tonna) va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 74,7 ming tonnaga ko‘p avtobenzin yetkazib berilmoqda.

 

Iste’molchilarga 31-yanvar kuni 6 303 tonna AI-80 benzin, Toshkent shahri va viloyatiga 1 466 tonna tarqatilgan. Biroq, bugungi kundagi vujudga kelayotgan talabni ishlab chiqarish quvvatlari orqali to‘liq ta’minlash imkoniyati chegaralangan.

 

Xususan, joriy yilning yanvar oyida Rossiyadan 50 ming tonna AI-80 K5 rusumidagi avtobenzinni import qilish bo‘yicha shartnoma tuzilib, jami 44,2 ming tonna avtobenzin yuklangan bo‘lib, hozirda respublika hududiga yetkazib kelish va ichki bozorga sotish choralari ko‘rilmoqda.

 

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda, “UNG Petro” MCHJ tomonidan AI-80 bo‘layotgan talab ortib borayotganligi, respublika iqtisodiyoti va aholisini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni inobatga olib, taqchillik, uzilishlar va AYOQSHlardagi navbatlarni oldini olish maqsadida, “Gazprom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan AI-80-K5 rusumli avtobenzin xarid qilinib, AYOQSHlar orqali respublikamiz iste’molchilari uchun realizasiya qilinmoqda.

 

Bundan tashqari joriy yilning yanvar oyida “UNG Petro” MCHJ tomonidan import hisobiga qo‘shimcha 8,4 ming tonna yuqori oktanli avtobenzin yetkazib berilgan, jumladan AI-92 5,6 ming tonna, AI-95 2,5 ming tonna va AI-98 300 tonna.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshirig‘iga asosan avtobenzinni uzluksiz va barqaror yetkazib berilishi yuzasidan Energetika vazirligi tomonidan kunlik va soatlik nazorat o‘rnatilgan.

 

Avtobenzin tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgan, jumladan 2023-yil 1-fevral holatiga Jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 42,1 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//