Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Farg‘ona viloyati faollar yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari o‘z nutqi davomida qo‘shni davlatlar bilan munosabatga to‘xtalib o‘tdi.
– Men shu lavozimga kirishganimda eng avvalo qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga e’tibor beramiz, deb va’da qilgandim, shu va’damning ustida turibman. Har qanday davlat uchun chegara masalasi muhim ahamiyatga ega. Tojikiston bilan barcha masalalarni hal qildik, Qirg‘iziston bilan 30 yildan buyon bitmay kelayotgan ishlarimizni yakunladik.
Jonajon qirg‘iz xalqi bilan birdam bo‘lib, yonma-yon ishlab muammolarni hal qildik. Shu munosabat bilan Qirg‘iziston xalqiga, prezidenti Sadir Japarovga yaqin hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q