Fransiya musulmonlari saytida Islom sivilizatsiyasi markazi haqida maqola e’lon qilindi

Saqlash
16:14 / 14.11.2021 1197 0

Fransiyaning "Musulmanenfrance" (Fransiya musulmonlari) sayti "O‘zbekistonda dunyoda yagona Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilmoqda" sarlavhasi bilan Toshkentda qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi to‘g‘risida batafsil maqola va videosharh e’lon qildi.

 

"Turli zamonlar va asrlarda yashab insoniyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Buxoriy, Termiziy, Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy va Ulug‘bek kabi olimlar o‘z vatanlarini dunyoga mashhur qildilar. Usmon Mushafining eng mashhur namunasi saqlanadigan Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev butun musulmon olamining gavharlaridan biriga aylanishi kutilayotgan inshoatni barpo qilishga qaror qildi", deyiladi maqolada.

 

 "Ayrimlar islom ahkomlarini noto‘g‘ri talqin qilayotgan davrda savodsizlikni ma’rifat bilan yengish har bir musulmonning burchidir" - Islom sivilizatsiyasi bunyodkorlarining asosiy g‘oyalaridan biri. 2022-yilning nihoyasida o‘z eshiklarini ochishi rejalashtirilayotgan Markazda 15 ming kvadrat metr sahnda ekspozitsiyalar zali, xalq kutubxonasi, ilmiy-tadqiqotlar, restavratsiya bo‘limlari, Islom akademiyasi va 500 o‘rinlik konferensiyalar zali joylashadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//