Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligida ham yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Saqlash
19:08 / 31.01.2023 1355 0

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining yangi oʻrinbosarlari maʼlum qilindi.

 

Prezident qarori bilan:

 

Erkin Muhiddinov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

 

Jamshid Abruyev Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari lavozimiga;

 

Raʼno Turdiboyeva Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari lavozimiga (avval Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari edi);

 

Mirzohid Ubaydullayev Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;

 

Ozoda Parpiboyeva Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimiga tayinlandi.

 

Bahodir Umurzoqov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari lavozimidan;

 

Sodiqjon Turdiyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimidan;

 

Abdulla Tursunov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari lavozimidan;

 

Muxtor Muhiddinov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari lavozimidan;

 

Nodira Egamberdiyeva boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//