Yangi o‘quv yilidan maktablarda 6 ta fan o‘tilmasligi haqidagi xabarlar rad etildi

Saqlash
13:01 / 31.01.2023 1222 0

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda 6 ta fan — jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, musiqa madaniyati, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya, tarbiya fanlari o‘tilmasligi haqidagi xabarlarning asossiz ekanini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, tarqalayotgan xabarlar 2020-yil karantin davrida chiqqan eski ma’lumotlar bo‘lib, bu choralar pandemiya davrida o‘quvchilarning sog‘lig‘ini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlash va ortiqcha muloqot qilishlarining oldini olish maqsadida joriy etilgan.

 

Ayni damda ushbu ma’lumotlar mutlaqo asossiz ekanini ma’lum qilamiz hamda haqiqatga zid bo‘lgan yolg‘on axborot tarqatmaslikni so‘rab qolamiz, — deyiladi bayonotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish