Siyosat
Prezident qarori bilan Transport vazirligi tuzilmasida ham bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi.
Abdurahmon Abduvaliyev Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi lavozimiga;
Tohir Nazarov Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori lavozimiga;
Doniyor Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga;
Faxriddin Solihov Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligida ham oʻzgarishlar boʻldi.
Oleg Pekos raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga;
Jamol Maxsudov raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga;
Rustam Karimjonov raqamli texnologiyalar vazirining oʻrinbosari lavozimiga (avval — xalq taʼlimi vazirining oʻrinbosari edi);
Shuhrat Qodirov Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori lavozimiga;
Aʼzam Abdullayev Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Doniyor Rustamov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimidan; Jamshid Egamberdiyev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
111951
Jamiyat
94698
Jamiyat
90700
Jamiyat
75457
Jamiyat
//
Izoh yo‘q