Sanitariya epidemiologiya xizmati aholini soxta SES xodimlaridan ogohlantirdi

Saqlash
23:12 / 30.01.2023 1863 0

Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi "Movarounnahr" mahallasi aholisiga o‘zlarini “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tuman bo‘limi xodimimiz (SES)” deya tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan turli hasharotlarga qarshi dorilarni pullayotgan shaxslar paydo bo‘lgani aytilmoqda. Sanepidxizmat Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 

“Hurmatli fuqaroar! Videoda ko‘rsatilgan “soxta SES xodimlari” Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Dezinfeksiya stansiyasi va tuman hududiy bo‘limlarida faoliyat yuritmasligini ma’lum qilamiz”,– deyiladi xabarda.

 

Eslatma:

 

Yuqoridagi ko‘ngilsiz holatga duch kelsangiz, avvalo zararsizlantiruvchi vosita sotayotgan fuqarolardan:

 

– xizmat guvohnomasi;

– qaysi tashkilot yoki boshqarmada faoliyat yuritishi;

 

zararsizlantiruvchi vosita sotishi va sotib olishingizga asos so‘rashga haqli ekanligingizni unutmang.

 

Siz talab qilgan ma’lumotlar berishdan bo‘yin tovlagan firibgarlarga aldanib qolmang.

 

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati fuqarolardan yuqoridagi vaj asosida ushbu shaxslar murojaat qilganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining 78 8880101 (050) Ishonch telefoni, Toshkent shahar boshqarmasining 71 248-12-43 telefon raqami yoki Toshkent shahar IIB va hududiy bo‘limlariga zudlik bilan xabar berishlarini so‘ragan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//