Sport
Niderlandiya mezbonligida oʻtgan Tata Steel Chess 2023 musobaqasida soʻnggi tur bahslari 29-yanvar, yakshanba kuni boʻlib oʻtdi.
Masters turnirida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 13-turda mezbon shaxmatchi Yorden van Forestga qarshi dona surdi. Oq donalarda harakat qilgan Nodirbek magʻlubiyatga uchradi va 8 ochko (4 gʻalaba, 8 durang, 1 magʻlubiyat) bilan musobaqani ikkinchi oʻrinda yakunladi.
8,5 ochko bilan Anish Giri musobaqa gʻolibiga aylandi. Musobaqa davomida Abdusattorovga magʻlub boʻlgan amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen (8) esa kuchli uchlikdan joy oldi.
Javohir Sindorov esa soʻnggi turda niderlandiyalik Tomas Berdsenni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi. Ushbu gʻalabadan soʻng Sindorov ochkolarini 8.5 taga yetkazib oldi va Chellenjer guruhida 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Siyosat
111060
Jamiyat
94516
Jamiyat
90459
Jamiyat
74536
Jamiyat
//
Izoh yo‘q