Yunusobod tumani toʻliq, Olmazor va Shayxontohur tumanlari esa qisman issiq suv va issiqlik taʼminotida uzildi

Saqlash
15:51 / 12.11.2021 1215 0

Bugun Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi taʼminotida nosozlik roʻy bergani sababli, mazkur qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Buning oqibatida Yunusobod tumanida toʻliq, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik taʼminotida uzilish kuzatilmoqda.

 

Xabarga koʻra, ayni paytda Issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

 

Mutasaddilar soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik taʼminoti toʻliq tiklanishini maʼlum qilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//