Jamiyat
24-yanvar kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida onasidan ajralib qolgan 1 dona qo‘ng‘ir ayiq bolasi topildi, deya xabar bermoqda O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi matbuot xizmati.
O‘rmon nazoratchilari ayiq bolasini o‘rmon xo‘jaligiga olib borgan. U o‘rmon xo‘jaligining xo‘jalik binosida vaqtinchalik saqlanib turibdi.
«Qishning sovuq kunlarida ayiqlar uyquda bo‘ladilar. Qish mavsumida yolg‘iz qolgan yosh ayiq bolasining ozuqa topishi bir muncha qiyinchilik tug‘dirishi hamda nobud bo‘lishi ehtimoli borligi sababli uni mutaxassislar qarovida va munosib sharoitda yashashi uchun uni yolg‘iz qoldirmaslikka qaror qilindi», — deyiladi xabarda.
Hozirda yosh ayiq bolasi ichimlik suvi sabzavotlar, o‘rmon mevalari va non bo‘laklari bilan oziqlantirilmoqda.


Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112208
Jamiyat
94885
Jamiyat
90974
Jamiyat
75753
Jamiyat
//
Izoh yo‘q