Toshkentda noyabr oyida IHT sammiti oʻtkaziladi

Saqlash
15:26 / 25.01.2023 1061 0

Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi.

 

Bosh kotib Oʻzbekistonning tashkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, energetika, turizm va boshqa yoʻnalishlarda ilgari surilgan muhim tashabbuslar va oʻtkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuchli surʼat bagʻishlagani taʼkidlandi.

 

Uchrashuvda mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo mamlakatlar bilan tovar ayirboshlashi 70 foizga oʻsgani, qoʻshma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga koʻpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tashkilotning navbatdagi sammitini noyabr oyida Toshkent shahrida oʻtkazishga har tomonlama tayyorgarlik koʻrilmoqda. Boʻlajak tadbir kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi alohida taʼkidlandi. Uchrashuv yakunida bosh kotib Xusrav Noziriy tashkilot kotibiyati IHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida yaqindan birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//