Sport
Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat boʻyicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida 9-tur bahslari yakuniga yetdi.
Unda “Masters” guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surib, durang oʻynadi. Qayd etish kerak, oʻyin 7 soatga choʻzildi. 9 turdan soʻng 6.5 ochko jamgʻargan Abdusattorov hamon ushbu guruh peshqadamligini saqlab turibdi.
“Chellenjer” guruhida Javohir Sindorov navbatdagi gʻalabasini tantana qildi. Bu gal yurtdoshimiz amerikalik Abximanyu Mishrani taslim etdi. Ushbu gʻalabadan keyin 6 ochko jamgʻargan Javohir 2-oʻringa koʻtarilib oldi.
Bugun, 25-yanvar kuni Nodirbek Abdusattorov 10-tur oʻyinini xitoylik Liren Dingga qarshi oq donalarda oʻtkazsa, Javohir Sindorov qora donalarda niderlandiyalik Ervin LʼAmiga qarshi bahs olib boradi.
Oʻyinlar Toshkent vaqti bilan soat 18:15 da boshlanishi belgilangan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q