Jamiyat
Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida bir oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
23-yanvar kuni tumanning «Qamashi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi «Qamashi» qishlog‘ida fuqaro D.L.ning yashash xonadonida qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan tabiiy gaz yonishi natijasida is gazi hosil bo‘lgan. U dudburon orqali xona ichiga sizib chiqishi oqibatida xonada uxlab yotgan — 1992-yilda tug‘ilgan D.L., 1995 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i D.Q hamda 5 va 3 yoshli farzandlari is gazidan zaharlanib vafot etgan.
D.L. va oila a’zolarining o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112118
Jamiyat
94801
Jamiyat
90848
Jamiyat
75645
Jamiyat
//
Izoh yo‘q