Jamiyat
2021-yilda Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari, “Ish daftari”, shuningdek, bolajonlar uchun oʻzbek ertaklari va sheʼrlari toʻplamlari ham nashr ettirildi. Bu haqida Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Nashr etilayotgan metodik adabiyotlar va qoʻllanmalar soni quyidagicha:
- Pedagoglar uchun bolalar davomatini qayd etish daftari (tabel, filtr patronaj) – 48 811 ta;
- Pedagoglar uchun “Ish daftari” komplekt 5 kitobdan iborat – 6149 ta;
- Panoramali ertaklar (komplekt 6 kitobdan iborat) – 6 149 ta;
- Pedagogik qoʻllanma va didaktik materiallar – 25 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);
- Musiqa pedagoglar uchun qoʻllanma – 6149 ta.
Ushbu davrda vazirlik tomonidan 3 dona oʻzbek xalq ertaklaridan iborat toʻplam ham 20 000 nusxada chop etilib, bolajonlarga yetkazilgan.
Xususan, kichik guruh bolalari uchun taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy “Qizil gul” kitobi bosmadan chiqqan. “Oq gul” kitobi esa oʻrta guruh bolalari uchun moʻljallangan boʻlib, taʼlimiy, rangli-bezakli badiiy asarlar toʻplami hisoblanadi. Shuningdek, hozirda “Sariq gul” kitobini katta guruh bolalari sevib mutolaa qilishmoqda. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari “Moviy gul” kitobidan foydalanishmoqda. Natijada bolalarda kitobga boʻlgan qiziqish ortib, kelgusidan kitobxonlik darajasi oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini yuqori sifatli oʻquv didaktik materiallari bilan taʼminlanish darajasiga ham eʼtibor qaratsak:
- «Lulliya aylanalari» didaktik toʻplami - 10 000 ta;
- 3-7 yoshli bolalar uchun diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlar uchun rivojlanish soati - 20 000 ta;
- 40 ta toʻplamdan iborat boʻlgan Elementar matematik tasavvurlarini va bilimlarini rivojlantirish boʻyicha didaktik oʻyinlar va masalalar toʻplami – 20 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);
- Koʻrgazmali didaktik plakatlar toʻplami;
- 45 ta plakatdan iborat toʻplam - 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);
- Markazlarda faoliyatni tashkil etish uchun didaktik kartochkalar toʻplami. Toʻplam 376 ta kartochkadan iborat - 10 000 ta (rus va oʻzbek tillarda);
- Nutqni rivojlantirish uchun moʻljallangan figuralar va maskalar toʻplami;
- Stol teatri - 6 149 ta;
- “Koʻngilochar” Geometrik tushunchalarni hosil qilish va logikani rivojlantirishga qaratilgan grafomatorika boʻyicha didaktik toʻplam 3-7 yoshli bolalar uchun – 6 149 ta;
- Tayyorlov guruhlari tarbiyalanuvchilarining ish daftarlari - 466032 ta;
- Tarbiyalanuvchilar uchun matematika daftari – 466032 ta;
- 6-7 yoshli bolalar uchun ingliz tili daftari – 466032 ta nusxada nashr ettirilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q