Eski turar-joylar sovuq o‘tkazmaydigan qatlam bilan qoplanadi

Saqlash
12:15 / 24.01.2023 525 0

O‘zbekistonda mustaqillik davrigacha qurilgan eski turar-joy binolarining tashqi tomoni bazalt (shovqin va haroratni me’yorida saqlashga xizmat qiluvchi qurilish ashyosi) bilan qoplanadi. Bu haqda kecha, 23 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Bosh vazir Abdulla Aripov raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.  

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 40 mingta ko‘p qavatli uy-joy mavjud. Shundan 31 mingga yaqini 1991 yilgacha qurilgan. Shu bois, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu 31 mingta uyning tashqi fasad qismini bazalt bilan qoplash topshirig‘i yuklatildi.

 

Bundan tashqari, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi endilikda yangidan quriladigan ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini qurishda energiya tejamkor qurilish materiallari va jihozlardan foydalanishni majburiy etib belgilashi ham ma’lum qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda jami 13,2 ming tonna bazalt xom ashyosi ishlab chiqarilmoqda. Bu esa yillik ehtiyojning 30 foizini ham tashkil etmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish