Jamiyat
Hurmatli olimpiada ishtirokchilari!
Men barcha sportchilarni, murabbiylarni, Tokiodagi XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida hamyurtlarimizni munosib o‘yin ko‘rsatishga harakat qilgan barchani ushbu g‘alabalar bilan tabriklayman!
O‘zbekiston umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, Markaziy Osiyo davlatlari orasida peshqadam, turkiyzabon va islom davlatlari o‘rtasida yetakchi o‘rinni egalladi. Mamlakatimiz sportchilari MDH davlatlari orasida munosib ikkinchi o‘ringa loyiq deb topildi. Osiyo davlatlari bo‘yicha beshinchi o‘rin nasib etdi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan davlatlar orasida 32 - o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldik. Bu ulkan natija!
Olimpiadachilarimizning ismlari, ularning g‘alaba va rekordlari jahon sporti yilnomasiga oltin harflar bilan yoziladigan bo‘ldi. Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov, og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev va boks bo‘yicha Bahodir Jalolovning uzoq kutilgan oltin medallarni qo‘lga kiritganini alohida qayd etmoqchiman. Dzyudochi Davlat Bobonov va kurashchi Bekzod Abdurahmonov jamoa ko‘rsatkichlarini bronza medallari bilan to‘ldirishdi.
Ayniqsa, qizlarimizning ham rekord natijalarni qayd etganligi meni juda xursand qildi. Muattar Nabiyeva butun dunyo va O‘zbekiston tarixiga birinchi og‘ir atletikachi ayol sifatida kirib, Olimpiya rekordini o‘rnatdi.
Gimnastika bo‘yicha vakilimiz Oksana Chusovitina olimpiada o‘yinlari tarixida sakkizinchi bor ishtirok etib, rekordni yangiladi. Velosipedchi Olga Zabelinskayani ham alohida ta’kidlash lozim, u O‘zbekiston velosporti tarixida Olimpiya o‘yinlarida mamlakat sharafini himoya qilgan birinchi ayol bo‘ldi. Natijada u kuchli o‘ntalikka kirib, Osiyo mamlakatlari vakillari orasida birinchi bo‘ldi.
Bu sportchilarga qarab, bugun har biringiz o‘z oldingizga aniq maqsad qo‘yib, unga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligingizni tushunish mumkin!
Hurmatli olimpiyachilar! Bugun siz hammamiz faxrlanadigan haqiqiy qahramonlarsiz. Sizlarga sihat-salomatlik, kuch-quvvat va barcha harakatlaringizda maksimal natijalarga erishishingizni tilayman!
Biz esa har doim sizni turli arena va sport maydonlarida olqishlab, qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz!
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q