Sport
Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov (2731) Niderlandiyada boʻlib oʻtayotgan Tata Steel Chess 2023 musobaqasida Magnus Karlsenni (2846) magʻlubiyatga uchratdi.
Abdusattorov FIDE reytingidagi ochkolari sonini 2731 ga yetkazdi va bu borada Oʻzbekiston shaxmati tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi. Shu tariqa Nodirbek Rustam Qosimjonovning (2678) koʻrsatkichini yangiladi. Qosimjonov 2015-yilda 2715 natija qayd etgandi.
Maʼlumot uchun, Abdusattorov musobaqada beshta turda 4 ochko toʻplagan holda peshqadam boʻlib turibdi. 20-yanvar kuni 18 yoshli oʻzbekistonlik shaxmatchi 3 ochko bilan uchinchi oʻrinda borayotgan Hindiston vakili Rameshbabu Praggnanadhaga (2684) qarshi dona suradi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
109998
Jamiyat
94294
Jamiyat
90151
Jamiyat
73435
Jamiyat
//
Izoh yo‘q