Jamiyat
Fuqaro A.A. (firibgarlik jinoyati uchun sirtdan ayb eʼlon qilinib, qidiruvda boʻlgan) va Sh.A. oʻzaro til biriktirib, 2022-yilda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat universitet tashkil etgan.
Ular ushbu muassasada oʻqish istagini bildirgan 18 nafar fuqaroning jami 152,9 million soʻm mablagʻini qoʻlga kiritib, oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jarqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan Surxondaryo viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Departamentning Denov tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro X.M. Tojikiston Respublikasida tahsil olayotgan 21 nafar talabaning oʻqishini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlariga koʻchirib berish evaziga jami 15 ming 300 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.
Departament matbuot xizmati xabariga koʻra, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q