Jamiyat
Mutaxassislar qishda mavsumiy kasalliklar avj olishini immunitet zaiflashuvi bilan izohlaydi. Xoʻsh, sovuq haroratda organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyati nega pasayadi? Ushbu savollarga Respublika epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Botir Tojiyev javob berdi:
— Viruslar sovuq va quruq havoda faollashadi. Toʻgʻri, qish fasli atmosferada namlik nisbatan yuqori boʻladi. Biroq xonalar isitilishi sababli havo quruqlashadi. Bu esa infeksiyalarning avj olishi uchun qulay muhit.
Qolaversa, patogenlar toza havoni yoqtirmaydi. Ammo sovuq kunlarda eshik va derazalar zich yopilib, xonalar havosi tez-tez almashtirilmaydi. Odamlar asosiy vaqtini issiq sharoitda, bir necha kishi yoki koʻpchilik bir joyda jamlanib oʻtkazadi. Viruslar esa yopiq bino-inshootlar, aholi gavjum joylarda tezroq tarqaladi.
D vitamini — immunitet tizimining meʼyoriy ishlashi uchun muhim element. Tanamiz bu moddani mustaqil ishlab chiqara oladi. Faqat buning uchun ultrabinafsha nuri zarur. Qish faslida quyoshli kunlar kam boʻlishi bois organizmning bu darmondoriga ehtiyoji ortadi.
Sovuq harorat yuqori nafas yoʻllaridagi tugʻma immunitet hujayralari faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Oʻz navbatida, quruq havo infeksiyalar uchun toʻsiq boʻlgan shilliq qavatlar xususiyatlarini oʻzgartiradi.
Yangi uzilgan sarxil meva-sabzavotlar — vitaminlarning tabiiy manbai. Qishda bunday mahsulotlarni topib isteʼmol qilish qiyin. Bu ham immunitetimizni zaiflashtiruvchi yana bir omil.
Kamharakatlik ham organizmning kasalliklarga kurashish qobiliyatini susaytiradi. Oqibatda shamollash va grippga chalinish ehtimoli oshadi. Qish mavsumida koʻpchilik asosiy vaqtini yopiq muhitda oʻtkazishi tufayli jismoniy faollikdan cheklanadi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q