Jamiyat
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan 2021-yil 13-noyabrdan boshlab Toshkent—Buxoro—Toshkent yoʻnalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarining qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qatnovlar haftaning shanba, yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Harakat jadvaliga koʻra shanba va yakshanba kunlari ertalab soat 09:02 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradigan 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi Samarqand, Navoiy temir yoʻl vokzallarida ham toʻxtab oʻtib, soat 12:47 da Buxoro-1 temir yoʻl vokzaliga yetib boradi.
Shuningdek, 769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi ushbu kunlarda soat 15:02 da Buxoro-1 temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshirib, soat 18:50 da Toshkent markaziy temir yoʻl vokzaliga kirib keladi.
Bugungi kunda qatnovini amalga oshirayotgan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlari esa oʻz harakat jadvali boʻyicha harakatlanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q