Jamiyat
Yurtimizda davom etayotgan anomal sovuq ob-havo tufayli yoʻlovchi poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash va yoʻlovchilarni oʻz manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish gʻoyatda muhim.
Ayni shu maqsadda 766/765-sonli “Toshkent — Buxoro — Toshkent” yoʻnalishidagi “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlari qatnovlari 2023-yilning 16,17,18,19,20-yanvar kunlari 5 ta reysga bekor qilinadi.
“Xarid qilingan chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100 foiz qiymatda qaytariladi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati yoʻlovchilardan mazkur vaziyatni toʻgʻri baholab, tushunishlarini va keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi” deyiladi AJ rasmiy xabarida.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q