Termizda qozonxona portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Saqlash
20:23 / 16.01.2023 1439 0

Bugun, 16-yanvar kuni soat 11:30 da Termiz shahri Shimoliy darvoza koʻchasi 15-uyda joylashgan Termiz davlat universiteti akademik litseyi binosini isitishga moʻljallangan qozonxonada tashqi tomon quvurlarining muzlab qolishi oqibatida ortiqcha bugʻ toʻplanib, ichki bosim yuqori darajada ortib ketishi natijasida portlash hodisasi sodir boʻlgan.

 

Portlash natijasida shu yaqin atrofda faoliyat olib borayotgan xodimlar P.A. va B.A. lar zarb tufayli tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, yana bir xodim N.X. tan jarohati olganligi sababli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//