O‘zbekistondagi mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlari tashkil etiladi

Saqlash
19:44 / 16.01.2023 1146 0

O‘zbekistonda hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar oladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 16-yanvardagi yig‘ilishda topshiriq berdi, deya xabar qilmoqda Sherzod Asadov.

 

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirildi.

 

Har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navo tartibga solish, yirik korxonalar, ijtimoiy obyektlar rahbarlari xodimlarini uyushgan holda ishga olib kelishga avtobus qatnovlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

 

Yong‘inni oldini olish bo‘yicha amaliy va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonadonma-xonadon isitish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//