Buxoro va Xorazm viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Saqlash
18:01 / 16.01.2023 1417 0

Jamshid Yunusovich Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

 

Tayinlovga qadar J.Tursunov Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Jamshid Tursunov – 1979-yil 22-fevralda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug‘ilgan. 2000-yil Toshkent moliya institutini, 2003-yil O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya Akademiyasi tamomlagan. Moliya va kredit, bank ishi bo‘yicha mutaxassis.

 

Shuningdek, O‘ktam Masharipov Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.  U bunga qadar 2020 yildan buyon Hazorasp tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

 

O‘ktam Masharipov – 1959-yil Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti buyicha mutaxassisligi olim-agronom.

 

2006–2012-yillarda Xorazm viloyati Gurlan tumani hokimi, 2018–2020-yillarda Yangibozor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//