Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Boʻstonliq tumani Oqtosh qishlogʻida 53 tup koʻp yillik daraxtlar noqonuniy kesib tashlangani haqidagi xabar yuzasidan Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, oʻrganish ishlari natijasida 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil doʻlana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilib, oʻsimlik dunyosiga 288 mln 792 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgani aniqlandi.
Bosh Prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110762
Jamiyat
94442
Jamiyat
90355
Jamiyat
74231
Jamiyat
//
Izoh yo‘q