O‘zbekiston TIV Afg‘onistondagi teraktni keskin qoraladi

Saqlash
16:31 / 13.01.2023 3046 0

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda sodir etgan portlash bo‘yicha bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, TIV 11-yanvar kuni Kobul shahrida Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaydi.

 

“Ushbu qabih harakat ko'plab insonlar, asosan, tashqi siyosat idorasi xodimlari orasida qurbonlarga sabab bo’ldi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tilaymiz”, – deyiladi xabarda.

 

Eslatib o’tish mumkin, portlash natijasida 21 kishi halok bo‘ldi, qurbonlarning aksariyati tashqi ishlar vazirligi yoki mamlakat muvaqqat hukumati madaniyat va axborot vazirligi xodimlari bo‘lgan.

 

Ta’kidlanishicha, marhumlar orasida Tolibon harakatining uch a’zosi ham borligi ma’lum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//