Sport
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) 2022-yilning eng yaxshi dzyudochisi boʻlishga nomzod sportchilar roʻyxatini eʼlon qildi.
Ahamiyatlisi, Tokio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Davlat Bobonov “Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” nominatsiyasining nomzodlari orasida eʼtirof etilgan.
Ovoz berish jarayoni 12—31-yanvar kunlari Xalqaro dzyudo federatsiyasining maxsus platformasi orqali tashkil etiladi. Gʻoliblar joriy yilning 5-fevral kuni Parijda oʻtadigan “Katta dubulgʻa” turnirida rasman eʼlon qilinadi.
“Yilning eng yaxshi erkak dzyudochisi” boʻlishda Davlat Bobonovga 4 nafar dzyudochi raqiblik qiladi. Bular, Tato Grigalashvili (Gruziya), Endi Granda (Kuba), Sogbatar Send-Ochir (Moʻgʻuliston) va Xifumi Abe (Yaponiya).
Eslatib oʻtamiz, Bobonov 2022-yil davomida Parij “Katta dubulgʻa” turniri va Konyada oʻtgan “Islom birdamligi” oʻyinlarida bronza, Ulan-Batorda tashkil qilingan “Katta dubulgʻa” turnirida kumush va Toshkentda zoʻr muvaffaqiyat bilan tashkillashtirilgan jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgandi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112411
Jamiyat
95072
Jamiyat
91286
Jamiyat
75982
Jamiyat
//
Izoh yo‘q