Ertaga respublikamizda ob-havo qanday bo‘ladi?

Saqlash
10:08 / 10.08.2021 920 0


11-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi, deya xabar bermoqda Respublika Gidrometeorologiya markazi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esib, kechasi 18-20, kunduzi 35-37 daraja issiq bo'lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba'zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li va tog'oldi hududlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja issiq bo'ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish