Gaz “zapravkalar” faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Saqlash
12:01 / 12.01.2023 1394 0

Bugun, 12-yanvar kuni Respublika bo‘yicha anomal sovuq harorat davom etayotganligi va quvurlarda gaz bosimining keskin pasayishi kuzatilayotgani munosabati bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

 

“Ayrim yirik ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalariga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyati qisqa muddatga vaqtincha to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, ortadigan talabni to‘liq qondirish maqsadida avtobenzin va dizel yoqilg‘isi mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda sotuvga chiqariladi, shu jumladan zaxiralar hisobidan.

 

Fuqarolardan havo harorati keskin sovigan shu kunlarda imkon qadar jamoat transportlaridan foydalanish, zarurat bo‘lmaganda uyda qolish hamda xonadonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan tejamkorlik bilan foydalanish so’ralmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish