Jamiyat
«Akademnashr» rahbari Sanjar Nazar kuni kecha «Daryo.uz» saytiga intervyu berdi. Suhbat davomida u «KorzinkaUz» rahbari Zafar Hoshimovga e’tiroz va takliflarini bildirib o‘tdi.
“Qaniydi, hamma tadbirkorlarimiz Zafar aka Hoshimovga o‘xshab kitob chiqarishsa... Qanaqadir aksiya, narxidan qat’i nazar ular juda sifatli kitob tayyorlashdi. Faqat doim bir savol tug‘iladi: nega Zafar aka bizga buyurtma bermasdan, chet elda chiqarib keldilar u kitobni? O‘zbekistonda bunday sifat, tajriba yo‘q deb o‘ylasalar kerak. Lekin biz qilib berolardik. Ikkita kitobniyam oldim, ko‘rdim. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan joylari bor. Biz o‘sha tomoni ham qilib berolardik va «KorzinkaUz»ning buyurtmasidan uchinchi kitobimizni chiqargan bo‘lardik, balki. «Mushuklar malikasi Minush» kitobimizga o‘xshatib boshqa bittasini nashr etarmidik...
Ulargayam ancha arzonga tushardi. Milliy ishlab chiqaruvchini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardilar va hokazo. Hozir gapiryapmanu, istihola bor. Birovning mehnati, cho‘ntagidagi puliga aralashishga umuman haqqimiz yo‘q. Hozirgi harakatning o‘ziga tasanno deymiz. Mabodo, keyingi safar qilmoqchi bo‘lsalar, qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytay, o‘sha kitoblardek sifatda o‘zimizda ham qilish mumkin. Balki, biz ko‘rmayotgan, sezmagan tomonlari bo‘lgandir. Balki, Ukrainada kitob chop etish osondir, boshqa jihatlari bordir. Ishlash qulay bo‘lgandir. U tomonlarini bilmaymiz”, deydi Sanjar Nazarov.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109958
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73393
Jamiyat
//
Izoh yo‘q