Jamiyat
Muhokamalar portaliga “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qoʻyildi.
Unga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish, unga nisbatan zoʻrlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, fohishalikka jalb qilish, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan pornografik mahsulotni tayyorlash uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Ularga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish qoʻllanilmaydi.
Shuningdek, ayolni homilasini sunʼiy tushirishga majburlash nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish, shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish, 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish uchun jazo ogʻirlashtirilmoqda.
Bundan tashqari, shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik (intim hayot daxlsizligini buzish) uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi soʻzlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash, shahvoniy maylni koʻrsatuvchi harakatlar qilish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun loyihasida shaxsning hayoti va sogʻligʻi, erkinligi, shaʼni va qadr qimmatiga, Oʻzbekiston Respublikasiga, tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar voyaga yetmaganlarga xizmat koʻrsatiladigan taʼlim va sogʻliqni saqlash muassasalarida ishlashi taqiqlanmoqda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q