Saudiya Arabistoni Haj ziyoratiga qoʻyilgan koronavirus cheklovlarini bekor qildi

Saqlash
16:34 / 11.01.2023 1389 0

Saudiya Arabistoni koronavirus pandemiyasi tufayli Haj ziyoratiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda qirollikning Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq Al-Rabiya maʼlum qildi.

 

Taʼkidlanishicha, endilikda ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha boʻlgan darajaga qaytadi va yosh cheklovlari ham bekor qilinadi.

 

“Haj ziyoratiga keluvchilar soni pandemiyagacha boʻlgan darajaga qaytadi, yosh cheklovlari boʻlmaydi”, — deydi vazir.

 

Vazirning qoʻshimcha qilishicha, butun dunyodan kelgan ziyoratchilar yana Saudiya Arabistonida xizmat koʻrsatish boʻyicha istalgan vakolatli kompaniya bilan shartnomalar tuzishi mumkin. “Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda ziyoratchilarning yetib kelish tartib-taomillarini osonlashtirish uchun NUSK platformasini ishga tushirdik”, — deya qoʻshimcha qildi Al-Rabiya.

 

Eslatib oʻtamiz, Saudiya Arabistoni hukumati soʻnggi uch yilda koronavirus pandemiyasi tufayli Haj ziyorati uchun cheklovlar qoʻygandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//