Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari koʻpaydi

Saqlash
21:32 / 09.01.2023 1898 0

Markaziy bank Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yangiladi.

 

2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,77 mlrd dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, bu koʻrsatkich 2022-yil 1-dekabr holatiga koʻra, 33,44 mlrd dollar boʻlgan.

 

Dekabr oyi davomida oltinning fizik hajmi kamaygan boʻlsa-da, (12,8 mln troya unsiyadan 12,7 mln troya unsiyaga), qiymati 22,46 mlrd dollardan 23,06 mlrd dollarga oshgan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlashgani bilan bogʻliq.

 

Shuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valyuta zaxiralari ham 9,93 mlrd dollardan 11,64 mlrd dollarga koʻpaygan.

 

“Oʻzbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022-yil boshidan 0,6 mlrd dollarga yoki 1,8 foizga oshdi. Bunda oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1812,35 dollargacha koʻtarilishining taʼsiri 0,2 mlrd dollarni tashkil qildi”, — deyiladi Markaziy bank izohida.

 

Zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqchasi” ham hisoblanadi – ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur. Xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga koʻra, rivojlanayotgan davlatlar uchun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplashi kerak.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//