FIDE kuchli shaxmatchilar reytingini eʼlon qildi. Top-100 talikdan uch nafar oʻzbekistonlik joy oldi

Saqlash
20:56 / 09.01.2023 1978 0

Xalqaro shaxmat federatsiyasi 2023-yilning ilk oyida FIDEʼning 100 nafar eng kuchli shaxmatchilari roʻyxatini eʼlon qildi.

 

Reytingdan Oʻzbekistonning 3 nafar shaxmatchisi joy oldi. Nodirbek Abdusattorov 2713 ochko jamgʻargan holda 30-qatorda qayd etilgan boʻlsa, Rustam Qosimjonov 2678 ochko bilan 61-oʻrinda koʻrinish berdi. 2654 ochkoga ega boʻlgan Javohir Sindorov esa roʻyxatning 94-pogʻonasini band etib turibdi.

 

Reytingning eng yuqori qismida norvegiyalik Magnus Karlsen (2859), xitoylik Lijen Din (2811), rossiyalik Yan Nepomnyashiy (2793), Fransiya sharafini himoya qilayotgan Aliriza Firuja (2785), AQSH bayrogʻi ostida oʻynayotgan Xikaru Nakamura (2768) kabi shaxmatchilar bormoqda.

 

Shuningdek, FIDE eʼlon qilgan dunyoning eng kuchli yosh shaxmatchilar reytingida Nodirbek Abdusattorov 4-oʻrindan, Javohir Sindorov 9-oʻrindan joy olgan boʻlsa, yosh qizlarning yuztalik roʻyxatida Umida Omonova (2155) 65-oʻrinda, Afroʻza Hamdamova (2143) esa 72-qatorni egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//