Jamiyat
DXX katta miqdordagi qalbaki pullarni muomalaga kiritayotgan guruhni qoʻlga oldi.
Davlat xavfsizlik xizmati Navoiy viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi, 1996-y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Natijada avtomashina yukxonasida 100 ming soʻmlik banknotlardan iborat 221 million 100 ming soʻm miqdoridagi qalbaki pullar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sheriklari boʻlgan Navoiy va Buxoro viloyatlarida yashovchi 5 nafar shaxs ham qoʻlga olindi hamda ulardan jami 139 million 800 ming soʻm miqdoridagi qalbaki pullar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir natijasida umumiy qiymati 360 million 900 ming soʻm boʻlgan qalbaki pullarning muomalaga chiqarilishiga chek qoʻyildi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q