Jamiyat
Feysbuk foydalanuvchisi Baxtiyor Sultonov Toshkent shahridagi tamaddixona egalari obodonlashtirish xodimlarini mehmon qilganiga guvoh boʻlgani haqida post qoldirdi. Ushbu xayrli tashabbusga nisbatan tarmoq foydalanuvchilari koʻplab ijobiy izohlar qoldirishmoqda. Post quyidagicha:
«Hozir boʻlayotgan voqea.
Onamlar bilan jiyanlarini koʻrgani mehmonga ketayotgandik. Chilonzor dahasining 18-19 mavzelar chorrahasida joylashgan “Milliy taomlar” oshxonasiga norin olgani kirgandik, odatda shu yerdan olamiz, xam qulay, xam mazali taom tayyorlashadi.
Ish yurituvchi xoʻjayinlari xodimlarni “Tez boʻl, tez tayyorla”, deb ancha joy tayyorlatishayotgan ekan. Kimdir biron yigʻin tadbir qilayotgandirda deb ahamiyat bermay buyurtmam tayyor boʻlishini kutib turdim.
Bir mahal eshik oldida anchagina koʻcha tozalash xodimlari yigʻilib, iymanib turishgandi, haligi xoʻjayin chiqib “marhamat qilinglar, kelinglar” deb kutib oldilar.
Mehmonlar kirib joylarga joylashishdi. Xizmatchilar xushmuomalalik bilan xizmat qilishni boshlashdi. Oʻsha yerdagi bir xodimdan “ikrom qilyapsizlarmi” deb soʻradim, javobidan bu holat davomiyligini tushundim.
Baʼzan biron oshxonaga kiritishmaganini, yoki xizmat koʻrsatishmaganini eshitib qolardim. Bu holatni koʻrib rosa quvondim. Baraka topishsin.
Mashinaga oʻtirib onamlarga aytgandim, xursand boʻlib haqlariga duo qildilar. Bunday holatlar borligi yurtimizda yaxshiliklar toʻxtamasligini ishorasidir. Shunaqa insonlar koʻpayaversin!Xursand boʻldim», deya post qoldirgan Baxtiyor Sultonov.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q